Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Surxondaryo viloyati patologikanatomiya byurosi bosh hisobchisining talon-torojligi fosh bo‘ldi

Surxondaryo viloyati patologikanatomiya byurosi bosh hisobchisining talon-torojligi fosh bo‘ldi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, viloyat Patologikanatomiya byurosi bosh hisobchisi I.M. 2019 yilning yanvar oyida ishdan bo‘shab ketgan G.P.ning nomiga 2019-2022 yillar davomida ish haqi hisoblab jami 305,8 mln so‘mni o‘zlashtirganligi aniqlanib, fuqaro G.P.ning nomiga ochilgan plastik karta ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 21:10 26.01.2023. O'qildi: 1784 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!