Surxondaryo viloyati Ekologiya va Milliy gvardiya boshqarmasi hamkorligida hududlarda olib borilgan tezkor reyd tadbirlarida Sho‘rchi tumani «Tamaddun» mahallasida yashovchi fuqarolar G‘ Z, Q.Shlar sheriklari bilan noqonuniy ravishda ta’qiqlangan qurollar ( qo‘lbola usulda tayyorlangan elektr qarmoq) orqali baliq ovlash holati aniqlangan.
Gap shundaki, fuqarolar G‘.Sh va Z.Qlar baliq ovlab, chiqib ketayotgan vaqtida mashinasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda ichidan noqonuniy ravishda ovlangan baliqlar topilgan.
Mazkur huquqbuzarlik holati yuzasidan hozirda birlamchi hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.