Suriyaning yangi hukumati Erondan mamlakatning sobiq prezidenti Bashar al-Assad va uning nazoratidagi qurolli kuchlariga ko‘p yillik yordam uchun 300 milliard dollar talab qilishni rejalashtirmoqda . Bu haqda Livanning Al Modon gazetasi xabar berdi .
Qayd etilishicha, Suriyaning yangi rasmiylari Tehronning Asadni qo‘llab-quvvatlagani sababli mamlakatga yetkazilgan zarar uchun tovon puli sifatida bu miqdorni undirishni rejalashtirmoqda . O‘z navbatida, Eron o‘tish davri hukumatini avvalgi hukumatning vorisi, deb hisoblaydi, shuning uchun ham ko‘rsatilgan yordam uchun qarz to‘lanishini kutmoqda. Shu bilan birga, ayni damda ikki davlat o‘rtasida aloqa yo‘q, deya ta’kidlaydi nashr.