Suriyaning yangi hukumati Asad rejimi davrida qamalgan amerikaliklarni qidirishda AQSh bilan hamkorlik qiladi. Avvalroq, bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatiga kiritilgan AQSh fuqarosi Trevis Timmerman Asad qamoqxonalari biridan ozod qilingan edi.
Amerika tomonining ta’kidlashicha, u Livan va Suriya chegarasini noqonuniy kesib o‘tib, 7 oyni Suriya qamoqxonasida o‘tkazgan. Yana bir amerikalik jurnalist Ostin Tis 2012 yilda Suriyada g‘oyib bo‘lgan. AQSh rasmiylari u haqdagi ma’lumot uchun 10 million dollar to‘lashga tayyor.