Bugun 5 yanvar, 2025 yil, yakshanba

КИР

Suriyaning yangi yetakchisi Ahmad al-Sharaa Rossiya bilan aloqalarni butunlay uzmoqchi emasligini ma’lum qildi

Suriyaning yangi yetakchisi Ahmad al-Sharaa Rossiya bilan aloqalarni butunlay uzmoqchi emasligini ma’lum qildi

"Rossiya — muhim davlat va dunyodagi qudrat jihatidan ikkinchi o‘rinda turadi", — dedi al-Sharaa Saudiya Arabistonining Al Arabiya telekanaliga bergan intervyusida.

Ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, al-Sharaa boshchiligidagi yangi hukumat Moskva bilan muzokaralar olib bormoqda va Rossiya kuchlarini Suriyadan zudlik bilan olib chiqishni talab qilmayapti.

"Suriyadagi barcha qurol-yarog‘ rus ishlab chiqarishiga tegishli. Bundan tashqari, ko‘plab elektr stansiyalarimiz faoliyatga rossiyalik mutaxassislar boshchilik qilmoqda. Rossiyaning Suriyani ba’zilarning xohishiga ko‘ra tark etishini istamaymiz", — deya qo‘shimcha qildi al-Sharaa.

Kiritildi: 22:18 30.12.2024. O'qildi: 812 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!