Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma’lum qilishicha, urush tufayli mamlakatning boshqa hududlariga ko‘chishga majbur bo‘lgan suriyaliklar uylariga qaytmoqda.
Joriy yilning ilk oyida qariyb 750 ming suriyalik uyiga qaytgan. O‘tgan yili bunday ko‘rsatkich yil oxirida qayd etilgan edi.
Biroq chet elga ketgan suriyaliklarning ortga qaytishi juda sust: joriy yilning ilk yarmida xorijdan atigi 13 ming suriyalik vataniga qaytib kelgan.
Urush tufayli 5 million 600 ming suriyalik mamlakatning boshqa mintaqalariga ko‘chishga majbur bo‘lgan, 6 million suriyalik esa xorij mamlakatlariga qochgan.
Manba: azon.uz