Suriya janubidagi Dara viloyatidagi Abidin qishlog‘ida to‘y ziyofatiga qo‘l granatasining uyushtirilgan hujumi oqibatida kamida 33 kishi, jumladan, bolalar yaralandi.
Bu haqda SANA axborot agentligi xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, noma’lum kimsalar to‘y o‘tkaziladigan joyga ikkita qo‘l granatasini uloqtirib, bir qancha ishtirokchilarni jarohatlagan.
"Jarohatlanganlarning ahvoli yengildan o‘rtacha og‘irgacha, oyog‘i kesilishi kerak bo‘lgan bir kishi bundan mustasno", — deya mahalliy amaldorning so‘zlaridan iqtibos keltiradi agentlik.
Tergov boshlandi, huquq-tartibot idoralari hodisaning barcha holatlarini aniqlamoqda.