Tartusda Suriya muvaqqat hukumati xavfsizlik kuchlari va “Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan” Asad rejimining sobiq askarlari o‘rtasida to‘qnashuvlar davom etmoqda, deb xabar bermoqda turk nashrlari.
Latakiyada “dinlararo mojaro qo‘zg‘atish maqsadida provokasiya uyushtirgan” Eronparast jangarilar qo‘lga olingan.
* * *
Tartus provinsiyasida Suriya Ichki ishlar vazirligining 14 nafar xodimi pistirmada halok bo‘ldi. Bu haqda vazir Muhammad Abdel Rahmon ma’lum qildi, deya xabar beradi AFP.
Bundan tashqari, Suriyaning yangi ichki ishlar vazirining Telegram’da xabar berishicha, Tartusda Asad hukumatining “qoldiqlari” tomonidan yana 10 nafar polisiyachi yaralangan. Bunga javoban u “Suriya xavfsizligiga putur yetkazishga yoki uning fuqarolari hayotini xavf ostiga qo‘yishga jur’at etgan har bir kishiga” nisbatan qattiq choralar ko‘rishga va’da berdi.