Suriya sharqidagi Deyr az-Zor provinsiyasidagi Koniko gaz koni hududida joylashgan AQSh harbiy bazasi raketa hujumiga uchradi. Bu haqda "Al Mayadeen" telekanali o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Hujum oqibatlari haqida ma’lumot berilmagan. Qayd etilishicha, ob’ekt atrofida portlash tovushlari eshitilgan.
Telekanal xabariga ko‘ra, voqeadan so‘ng AQSh boshchiligidagi xalqaro koalisiya kuchlari Suriya hukumat kuchlari nazorati ostidagi viloyatdagi bir nechta qishloqlarga zarbalar bergan.