1 dekabr kuni Rossiya va Suriya samolyotlari isyonchi guruhlar nazorati ostidagi Idlib shahriga zarba berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida kamida yetti kishi halok bo‘lgan, o‘nlab kishilar jarohatlangan. Hukumat kuchlari qurolli guruhlarning boshpanalariga zarba berilayotganini e’lon qildi.
Bundan tashqari, Suriya Inson huquqlari observatoriyasi (SOHR) 1 dekabr kuni Rossiya qiruvchi samolyotlari Halab markazidagi universitet kasalxonasiga to‘rtta havo hujumi uyushtirgani haqida xabar berdi. Qayd etilishicha, ushbu hujum natijasida besh kishi, jumladan tinch aholi vakillari halok bo‘lgan.
Suriyadagi urushayotgan tomonlarni yarashtirish markazi 1 dekabr kuni kechqurun Rossiya harbiylari "Suriya armiyasiga yordam ko‘rsatish" doirasida Idlib, Hama va Halab viloyatlaridagi hukumatga qarshi guruh jangchilari va texnikalari to‘plangan hududlarga, shuningdek, ularning o‘q-dorilar omborlariga zarba berganini ma’lum qildi. Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu zarbalar oqibatida 320 nafar odam halok bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Suriya prezidenti Bashar Asadga qarshi muxolif guruhlarning hujumlari 27 noyabr kuni hujum boshlangan edi.