Bugun 8 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Suriya va Qatar strategik hamkorlik haqida kelishib oldi

Suriya va Qatar strategik hamkorlik haqida kelishib oldi

Suriyaning yangi rasmiylari Qatar hukumati bilan strategik hamkorlik bo‘yicha kelishib oldi.

Bu haqda Suriyaning o‘tish davri hukumati tashqi ishlar vaziri Asaad Hasan al-Shiboniy Qatar hukumati rahbari, tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdel Rahmon Ol Tani bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha ma’lum qilgan.

"Biz bugun kelishib olgan insonparvarlik yordami va strategik hamkorlik uchun Qatarga yana bir bor minnatdorchilik bildiramiz. Qatar Suriya xalqi boshidan kechirgan inqiroz va qiyin davrda hamkorimiz bo‘lgan va Suriya kelajagini qurishda hamkor bo‘ladi", - dedi u.

Al-Shiboniyning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar davomida Suriya delegasiyasi Qatar bosh vaziri bilan barcha asosiy va strategik masalalarni muhokama qilgan, shuningdek, yangi Suriya davlatini barpo etish va uning tashqi siyosati bo‘yicha yo‘l xaritasini taqdim etgan. Vazirning qayd etishicha, ushbu yo‘l xaritasi barcha suriyaliklar manfaatlarini ifodalovchi hukumatni shakllantirishni ham o‘z ichiga oladi.

"Biz asosiy siyosiy masalalarni muhokama qildik. Vazir Suriya bo‘yicha aniq yo‘l xaritasini, shuningdek, mamlakat siyosiy rahbariyatining qadamlarini taqdim etdi. Umid qilamizki, bu qadamlar ertangi Suriyani qurishga hissa qo‘shadi", - deydi Muhammad al-Xulayfiy. Bu haqda Qatar TIV davlat vaziri jurnalistlarga ma’lum qildi.

Kiritildi: 20:01 05.01.2025. O'qildi: 378 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!