Suriyadagi muvaqqat hukumatdagi tashqi ishlar vaziri Asaad Hasan ash-Shiboniy Saudiya Arabistoniga tashrifi chog‘ida Damashqning Suriya aholisining barcha qatlamlari vakili bo‘ladigan hukumat tuzish niyatini bildirganini aytdi.
Xabarga ko‘ra, TIV rahbarining so‘zlaridan "Al-Arabiya" telekanali iqtibos keltirmoqda.
“Biz Saudiya Arabistoniga tashrif chog‘ida hamkorlik va samaradorlikka asoslangan, Suriya jamiyatining barcha tarkibiy qismlarini o‘z ichiga olgan hukumatni barpo etish bo‘yicha o‘z qarashlarimiz bilan o‘rtoqlashdik" - dedi vazir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralarda sarmoya jalb etish uchun Suriyani iqtisodiy rivojlantirish rejasini ishlab chiqish ham muhokama qilingan.