Bugun 5 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Suriya Tartus porti bo‘yicha kelishuv bekor qilingani haqida Rossiyani xabardor qilmadi

A A A
Suriya Tartus porti bo‘yicha kelishuv bekor qilingani haqida Rossiyani xabardor qilmadi

Suriyaning yangi hukumati Tartus dengiz portini boshqarish bo‘yicha investisiya shartnomasini bir tomonlama bekor qildi va Rossiya tomonini qabul qilingan qaror haqida xabardor qilmadi.

Bu haqda Suriya hukumatidagi manbalarga tayanib, "TASS" axborot agentligi xabar berdi.

"Suriya ma’muriyati Tartus portining davlat nazoratiga o‘tishi haqida Rossiya kompaniyasini xabardor qilmagan. Bitimni bekor qilish qarori bir tomonlama qabul qilingan. Bashar al-Assad rejimi ag‘darilganidan so‘ng kelishuv tomonlari bir-birlari bilan o‘zaro aloqada bo‘lmasliklari kerak", - dedi agentlikning jarayon bilan tanish suhbatdoshlaridan biri.

Avvalroq Tartus gubernatorligi bojxona direktori Riad Judi Suriyaning Al Watan gazetasiga yangi hokimiyat 2019 yilda Rossiya kompaniyasi bilan tuzilgan Tartus portini boshqarish bo‘yicha investisiya shartnomasini bekor qilganini ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, port faoliyatidan olingan barcha daromadlar “Suriya davlati manfaatlariga yo‘naltiriladi”.

Suriya hukumati 2019 yilda Rossiyaning STG Injiniring kompaniyasi bilan investisiya shartnomasini imzolagan edi. Shartnoma 49 yilga mo‘ljallangan. Suriyaning sobiq transport vaziri Ali Hamudning so‘zlariga ko‘ra, hujjatda Rossiya tomoni portni boshqarishi va uni modernizasiya qilishga 500 million dollardan ortiq sarmoya kiritishi ko‘zda tutilgan.

Manbaga ko‘ra, Rossiya tomoni portni 2023 yil iyun oyida mahalliy kompaniyaning operativ boshqaruviga topshirgan, biroq nazorat funksiyalarini bajarishda davom etgan. "Rossiya kompaniyasi shartnoma tugatilgunga qadar uning ishtirokchisi bo‘lib qoldi", — deya qo‘shimcha qildi u.

Agentlikning yana bir manbasi ta’kidlaganidek, shartnoma shartlariga ko‘ra, hujjat imzolangan paytdan boshlab to‘rt yil ichida Rossiya kompaniyasi portni rivojlantirishga 500 million dollardan 50 million dollar sarflashi kerak edi port aslida modernizasiya qilinmagan. Manbaga ko‘ra, Suriya ma’muriyati portning kelajakda xususiylashtirilishini kutmoqda.

Kiritildi: 17:43 24.01.2025. O'qildi: 1924 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!