Suriya hukumati kuchlari Bashar Asadga qarshi isyon boshlangan Dar’a shahrini qo‘lga kiritdi. Asad qo‘shini Rossiya harbiy polisiyasi yordamida shaharga kirgan va maydonda Suriya bayrog‘ini o‘rnatgan.
RIA Novosti xabarida aytilishicha, Rossiya tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova Dar’aning janubiy va janubi-sharqiy dahalarida vaziyat nazoratga olinganini ma’lum qilgan.
Muxolifat kuchlari qurolni tashlashga va mamlakat shimoliga ketishga rozi bo‘lgan. Dar’adagi operasiya 19 iyun kuni boshlangan va hukumat kuchlari shahar atrofidagi keng hududni qo‘lga olgan.
BMT ma’lumotiga qaraganda, janglar tufayli 234 ming kishi qochqinga aylandi, ulardan 70 foizi qo‘shni Qunaytra viloyatiga viloyatiga o‘tgan.
Manba: azon.uz