Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Suriya prezidenti yaratish va o‘zgartirish hukumati tuzilganini e’lon qildi

Suriya prezidenti yaratish va o‘zgartirish hukumati tuzilganini e’lon qildi

Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Shara Suriya xalqini yangi vazirlar mahkamasi tuzilgani bilan tabriklab, uni yaratish va o‘zgarish hukumati deb atadi.

Bu haqda u "Qasr ash-Shab" saroyida bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda so‘zlagan nutqida ma’lum qilgan. Suriya prezidentining nutqi Al Hadath telekanali tomonidan namoyish etilmoqda.

"Mamlakatimiz yaxshi kelajak sari yo‘lda yangi tarixiy davrga qadam qo‘ymoqda", — dedi al-Shara. "Biz qayta qurish va islohotlarni amalga oshiradigan yaratish va o‘zgartirish hukumati tuzilganini e’lon qilamiz."

"Men Suriya xalqini millat va har bir fuqaro manfaatlarini kafolatlaydigan kuchli va barqaror davlat qurish boshlanishiga ishontirib aytaman", - deya ta’kidladi al-Shara. "Men hammani qo‘l qovushtirib, biz munosib Suriya uchun harakat qilishga chaqiraman" - dedi. Prezident barcha davlat ishi shaffof bo‘lishini ta’kidladi. "Biz korrupsiyaning davlat institutlariga kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaymiz".

O‘tish davri hukumatining Tashqi ishlar vazirligi rahbarlari Asad Hasan al-Shiboniy va Mudofaa vazirligi rahbari Murhaf Abu Qasr yangi vazirlar mahkamasidagi o‘z lavozimlarini saqlab qoldi. Marosimda har ikki vazir nutq so‘zladi. Bosh razvedka xizmati rahbari lavozimini egallab kelgan Anas Hasan Xattob ichki ishlar vaziri etib tayinlandi.

Avvalroq Al Hadath Suriyaning yangi o‘tish davri hukumati 22 vazirdan iborat bo‘lishi haqida xabar bergan edi. Hukumat ishiga al-Sharaning o‘zi rahbarlik qiladi, 13 mart kuni qabul qilingan konstitusiyaviy deklarasiyaga ko‘ra, uning qo‘lida barcha ijro hokimiyati jamlangan. Telekanal manbalarining qayd etishicha, hukumat inklyuziv bo‘lib, asosan texnokrat vazirlarni o‘z ichiga oladi. Yangi vazirlar mahkamasi 10 dekabrdan boshlab Muhammad al-Bashir boshchiligidagi o‘tish davri hukumatini almashtiradi. Suriyadagi o‘tish davri besh yil davom etadi, shundan so‘ng umumxalq saylovlari o‘tkaziladi.

Kiritildi: 07:34 30.03.2025. O'qildi: 727 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!