Bugun 3 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Suriya prezidenti Yevropadagi ilk tashrifini amalga oshirmoqchi

Suriya prezidenti Yevropadagi ilk tashrifini amalga oshirmoqchi

Suriyaning o‘tish davri prezidenti Ahmad al-Shara 7 may kuni Fransiyaga tashrif buyuradi. Bu uning Yevropaga ilk tashrifi bo‘ladi.

Bu haqda Yelisey saroyidagi manbaga tayanib, BFMTV telekanali xabar berdi.

Parijda u Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Makron "Fransiya yangi, erkin, barqaror, suveren Suriyani barpo etish tarafdori ekanini yana bir bor tasdiqlaydi”, — deya ta’kidladi manba.

Fransiya davlati rahbari Ahmad al-Sharani fevral oyi boshida Fransiyaga tashrif buyurishga taklif qilgan edi.

Kiritildi: 10:56 06.05.2025. O'qildi: 599 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!