Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Suriya janubida minglab aholi ko‘chishga majbur bo‘lmoqda

A A A
Suriya janubida minglab aholi ko‘chishga majbur bo‘lmoqda

Bashar Asad tuzumi va uni qo‘llab-quvvatlovchilar o‘tkazayotgan Dara operasiyasi natijasida kamida 150 ming aholi Iordaniya va Isroil chegarasiga ko‘chishga majbur bo‘ldi. Bu haqda “Anado‘li” xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, qochqinlarning aksari Iordaniya chegarasiga borgan, biroq Iordaniya hukumati chegaradan o‘tishiga ruxsat bermagani tufayli ular yaqin o‘rtadagi dalalarga yashashga majbur bo‘lmoqda.

Suriyaning Dara va Quneytra viloyatlari Ostona muzokaralari natijasida 2017 yilning mayida ziddiyat kamaytiriladigan to‘rt hududdan biri sifatida tanlangan, AQSh mazkur hududdagi muxoliflarga yordamini to‘xtatgan edi. 

 AQShning ogohlantirishlariga qaramay Suriya hukumati 20 iyunda Darada harbiy operasiya boshladi.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 12:45 30.06.2018. O'qildi: 1289 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik