Bugun 15 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Suriya BRIKSga kirish uchun hali ariza topshirmadi

Suriya BRIKSga kirish uchun hali ariza topshirmadi

Suriyaning Rossiyadagi elchisi mamlakatning BRIKSga qo‘shilishi haqidagi so‘zlari noto‘g‘ri talqin qilinganini ma’lum qildi.

Suriya elchisining aytishicha, respublika BRIKSga qo‘shilish uchun ariza bermagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "Suriya BRIKSga qo‘shilish bo‘yicha hali ham jiddiy muzokaralar olib bormoqda" deb talqin qilish kerak.

Diplomatning aniqlik kiritishicha, Damashq unga qo‘shilishdan juda manfaatdor.

Avvalroq “TASS” agentligi Suriya elchisi Bashar Ja’fariy mamlakat BRIKSga a’zolik uchun ariza topshirishini bildirgani haqida xabar bergan edi.

Kiritildi: 21:46 06.10.2024. O'qildi: 1301 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!