Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Suratlar bor uyga farishta kirmaydimi?

Suratlar bor uyga farishta kirmaydimi?

— Farishta kirmaydigan uylar qatorida rasm-suratlar bor uy ham aytilgan ekan. Aynan qanday suratlar bo‘lmasligi kerak? Oila a’zolarining surati bo‘lsa-chi? Shu haqda, iloji bo‘lsa, hadis va oyatlar asosida javob berilsa.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:

— Jonli narsalarning suratiga ruxsat yo‘q.

Oisha roziyallohu anho aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oldimga kirdilar. Men tokchamga nafis parda to‘sib qo‘ygan edim. Unda suratlar bor edi. U zot uni ko‘rishlari bilan tortib oldilar va ranglari o‘zgarib: «Ey, Oisha! Allohning huzurida qiyomat kuni eng ashaddiy azobga uchraydiganlar Allohning yaratganiga o‘xshatishga uringanlardir», dedilar».

Oisha onamiz aytadilar: «Shunda biz uni bo‘lib, bitta yoki ikkita bolish qilib oldik».

Mazkur pardadagi suratlar jonli narsalarning suratlari ekani shubhasiz. Avval ham aytib o‘tilganidek, musulmon kishining uyida jonli narsalarning surati bo‘lmasligi lozim. Jumladan, o‘sha surat pardada bo‘lsa ham, joiz emas. Ammo kesilgan, yirtilgan holda bolish yoki shunga o‘xshash oyoq osti bo‘ladigan narsalarda bo‘lsa, joiz (“Kifoya” kitobidan).

muslimaat.uz

Kiritildi: 13:39 07.09.2019. O'qildi: 8250 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!