Bugun 18 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Superkompyuter La Ligada chempion bo‘lish ehtimollarini hisoblab chiqdi

Superkompyuter La Ligada chempion bo‘lish ehtimollarini hisoblab chiqdi

Opta superkompyuteri La Liga chempionligi uchun favoritlarning yangilangan reytingini taqdim etdi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, «Barselona» Ispaniya chempionligi uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Kataloniyaliklar dastlabki 6 ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozonib, to‘plar nisbatini 28:6 ko‘rinishiga keltirgan va turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Opta bahosiga ko‘ra, «Barselona»ning chempion bo‘lish ehtimoli mavsum boshidagi 45,6 foizdan 67 foizgacha oshgan.

«Real»ning chempionlik imkoniyati esa 31 foizdan 26,7 foizga tushgan. «Atletiko»da bu ko‘rsatkich 8,6 foizdan 3,1 foizgacha pasaygan.

Keyingi o‘rinda 2,9 foizlik ehtimol bilan «Betis» bormoqda. Opta hisob-kitobiga ko‘ra, qolgan barcha jamoalarning La Liga chempioni bo‘lish ehtimoli 1 foizdan kam.

Kiritildi: Bugun 14:16. O'qildi: 170 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!