Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Super-kontrakt narxlari arzonlashishi kutilmoqda

Super-kontrakt narxlari arzonlashishi kutilmoqda

Yaqinda qabul qilinishi rejalashtirilayotgan Davlat qabul komissiyasi qarori bilan, super-kontrakt narxlari arzonlashishi kutilmoqda, deb yozmoqda bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Bunga sabab super-kontrakt narxlari stipendiyasiz to‘lanadigan kontrakt miqdoriga nisbatan belgilanar ekan.

Shunchaki misol uchun:

O‘tgan yili super-kontrakt miqdori 11 mln so‘mning 15 barobari, ya’ni 165 mln so‘m etib belgilangan bo‘lsa, joriy yilda 1 yillik stipendiya miqdori (4,8 mln so‘m) chegirib tashlanib, 6 mln 200 ming so‘mning 15 barobari, ya’ni 93 mln so‘m etib belgilanadi.

Boshqacha aytganda super-kontrakt miqdorlari quyidagicha kamayadi:

10 barobarda - 48 mln so‘mga;
15 barobarda - 72 mln so‘mga;
20 barobarda - 96 mln so‘mga;
25 barobarda - 120 mln so‘mga.

Faqat birgina jihati, joriy yildan boshlab Davlat qabul komissiyasi super-kontraktning faqat minimum miqdorini belgilab beradi, OTMlar shu minimumdan kam bo‘lmagan holatda super-kontrakt narxini o‘zlari mustaqil belgilash huquqiga ega bo‘ladi.

Lekin shunda ham baribir o‘tgan yilgidan arzonroq bo‘lsa kerak. Yana ham kim bilsin, kutaylikchi, bir gap bo‘lar.

Kiritildi: 16:27 10.09.2019. O'qildi: 3115 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!