McDonald’s kelasi 10 yil davomida restoranlarini yangilash va menyuni kengaytirish uchun 8,5 milliard dollar sarmoya kiritmoqchi.
Kompaniya restoranlarda yetkazib berish buyurtmalarini olish uchun maxsus shkaflar o‘rnatish, bolalar o‘yin zonalarini kengaytirish, oshxonalarni modernizasiya qilish va qahva zonalarini yangilashni rejalashtirmoqda.
Menyuga ham yangi taomlar qo‘shiladi. Oqsilga boy mahsulotlarga talab ortishi munosabati bilan grilda pishirilgan tovuqli sendvich va rolllar, tuxumli gazaklar hamda boullar taklif etiladi.
Shuningdek, kompaniya Google bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan ArchIQ sun’iy intellekt tizimini joriy etishni tezlashtiradi. Tizim buyurtmalardagi xatolarni kamaytirish, mahsulot zaxiralarini boshqarish va xodimlar ish jadvalini tuzishda yordam beradi.
McDonald’s ushbu strategiyani kompaniya aksiyalari yil boshidan beri qariyb 20 foizga arzonlagani, sotuvlar o‘sishi sekinlashgani va AQShda restoranlarga tashriflar kamaygani fonida e’lon qildi.