HAMAS so‘nggi oylarda o‘z safiga minglab jangchilarni qo‘shib oldi, bu bosqinchi isroil armiyasiga jiddiy tahdid solmoqda, deb yozdi The Wall Street Journal manbalarga tayanib.
Qayd etilishicha, jangchilar bir necha kishidan iborat kichik guruhlarda maxsus harbiy tayyorgarlikni talab qilmaydigan o‘qotar qurollar va tankga qarshi qurollardan foydalangan holda kutilmagan hujumlarni amalga oshirishmoqda.
“HAMASning o‘z kuchlarini qayta shakllantirish tezligi isroil armiyasi ularni o‘ldirish tezligidan tezroq bo‘lmoqda.
“Endi Muhammad Sinvar (tashkilotning yangi rahbari) hamma narsaga rahbarlik qiladi”, deyiladi maqolada.