Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Sunak Zelenskiy bilan uchrashmoqchi

A A A
Sunak Zelenskiy bilan uchrashmoqchi

Britaniyaning yangi bosh vaziri Rishi Sunak yaqin orada Vladimir Zelenskiy bilan shaxsan uchrashishiga umid bildirdi.

Avvalroq Zelenskiy Sunak bilan telefon orqali gaplashgani va uni Ukrainaga taklif qilganini aytgandi. Britaniyaning yangi bosh vaziri, o‘z navbatida, Zelenskiy va Ukraina xalqi Londondan yordamga umid qilishlari mumkinligini aytdi.

"Zelenskiy Bosh vazirni (Sunak) lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va Divali (Hindiston bayrami) bilan tabrikladi. Bosh vazir unga minnatdorchilik bildirdi va tez orada shaxsan uchrashishlariga umid bildirdi", - deyiladi Dauning-strit bayonotida.

Dushanba kuni Rishi Sunak Buyuk Britaniyaning hukmron Konservativ partiyasi rahbari etib saylandi, u mamlakat bosh vaziri lavozimini ham egalladi.

Qirol Charlz III yangi bosh vazirga yangi hukumatni shakllantirishni topshirdi.

Kiritildi: 02:20 26.10.2022. O'qildi: 2981 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik