BMT Butunjahon oziq-ovqat dasturi va UNICEF ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu mamlakatda ocharchilikdan aziyat chekayotganlar soni 638 ming nafarga yetdi. 2025 yilda bu raqam bir million nafardan oshishi mumkin.
"Odamlar tobora kuchdan qolyapti va nobud bo‘lmoqda, chunki ular oylab oziq-ovqatdan mahrum. Vaziyat o‘ta qaltis. Sudan aholisining qariyb yarmi — 24 mln kishiga oziq-ovqat yetishmayapti", — deya ma’lum qildi BMT Butunjahon oziq-ovqat dasturi eksperti Jan-Martin Bauer.
"Garchi so‘nggi 20 oy ichida Sudandagi fuqarolar urushi jahondagi eng yirik gumanitar inqirozni yuzaga keltirgan bo‘lsa-da, xalqaro hamjamiyat bunga panja ortidan qarayapti. 24 mingdan ziyod sudanlik halok bo‘lgan, 13 million nafari qochoqqa aylandi, shundan 3,2 millioni qo‘shni mamlakatlar — Chad, Misr va Janubiy Sudanga qochib o‘tib jon saqlagan", deyiladi BMT hisobotida.