Bugun 22 oktyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Sudanda bortida rossiyaliklar bo‘lgan yuk samolyoti urib tushirildi

Sudanda bortida rossiyaliklar bo‘lgan yuk samolyoti urib tushirildi

Bu haqda Rossiyaning Sudandagi elchixonasiga asoslanib, "TASS” agentligi xabar bermoqda. Hozirda elchixona xodimlari voqea tafsilotlarini aniqlashtirishmoqda.

Fuqarolar urushi davom etayotgan Sudandagi janglarni kuzatuvchi Sudan War Monitor loyihasiga ko‘ra, ushbu samolyot "Tezkor javob kuchlari” harbiylashtirilgan guruhi uchun yuk olib ketayotgan bo‘lgan. Samolyot ushbu guruh jangchilari tomonidan xatolik tufayli urib tushirilgan.

"Samolyot ekipaj a’zolaridan biri Rossiya fuqarosi bo‘lishi mumkin", deb yozadi Sudan War Monitor havo kemasi qulagan joydan olingan kadrlarga tayanib.

Ijtimoiy tarmoqlarda Sudanda urib tushirilgan samolyot qoldiqlari aks etgan video chop etildi. Kadrlar X ijtimoiy tarmog‘idagi Alqadh News akkauntida paydo bo‘ldi. Tasvirlarda uchuvchilarning hujjatlari ham ko‘rsatildi. Ulardan birining Rossiya pasporti, ikkinchisining maxsus hujjati namoyish etildi. Hujjatda "Manas xalqaro aeroporti” deb yozilgan, bu Qirg‘izistonning asosiy xalqaro aeroportidir.

Kiritildi: 23:50 21.10.2024. O'qildi: 552 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!