Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Sudan armiyasi va maxsus kuchlari sulhni yana besh kunga uzaytirish bo‘yicha kelishuv imzolaydi

Sudan armiyasi va maxsus kuchlari sulhni yana besh kunga uzaytirish bo‘yicha kelishuv imzolaydi

Sudan armiyasi va tezkor harakat kuchlari (maxsus kuchlar) yaqin soatlarda gumanitar sulhni yana besh kunga uzaytirish bo‘yicha kelishuv imzolaydi. Bu haqda dushanba kuni Asharq telekanali manbasiga tayanib, xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mojaro tomonlari vakillari joriy yetti kunlik gumanitar pauza bo‘yicha kelishuvga erishilgan Jidda shahrida o‘t ochishni to‘xtatish rejimini uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Otashkesim mahalliy vaqt bilan 21:45 (Moskva vaqti bilan 22:45) da tugaydi.

“Al-Jazeera” telekanali qurolli kuchlardagi manbasiga tayanib, armiyaning muzokaralardagi asosiy sharti “maxsus kuchlarni turar-joy binolari va kasalxonalardan olib chiqib ketish” ekanini xabar qilmoqda.

Kiritildi: 22:43 29.05.2023. O'qildi: 1466 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!