Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

 “Sud qarorining ijrosi ham ta’minlandi, tadbirkorning manfaatlari ham himoyalandi”

 “Sud qarorining ijrosi ham ta’minlandi, tadbirkorning manfaatlari ham himoyalandi”

   Majburiy ijro byurosi Beruniy tuman bo‘limi ijro ish yurituvida Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy sudining 2019 yil 23 may kungi ijro varaqasiga asosan qarzdor “LIGHT PATH” MCHJdan da’vogar “Agro firma Jayxun Omad Parranda” MCHJ foydasiga 134.250.000 so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro xujjati 04.06.2019 yil kelib tushgan va shu kunning o‘zida ijro ish  yurituvi  qo‘zg‘atilib  qaror nusxalari taraflarga yuborilgan.

  Da’vogarga yetkazilgan zararni koplash uchun qarzdorga ogoxlantirishlar berilgan, lekin shunga qaramasdan, qarzdorlikni to‘lashdan bosh tortib yuradi.

  Majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdor “LIGHT PATH” MCHJga tegishli davlat raqami 95/689 DAA, 2012 yil ishlab chiqarilgan “SHAANXI” SX325DR-384 rusumli yuk avtomashinasi mavjudligi aniqlanadi va davlat ijrochisi tomonidan ro‘yxatga olinib, xatlanadi. Keyinchalik xatlangan avtotransport vositasi sotish maqsadida elektron onlayn-auksion maydonchasiga joylashtiriladi va sotiladi.

  Natijada esa, sud qarorining ijrosi to‘liq ta’minlanadi va tadbirkorning manfaatlari himoyalanadi, ya’ni da’vogar “Agrofirma Jayxun Omad Parranda” MCHJ hisob-raqamiga 134.250.000 so‘m o‘tkazib beriladi.

 

        

 

        

Kiritildi: 10:43 05.07.2019. O'qildi: 1117 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!