Bugun 16 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Sud Humans’ga qarzdorlikni qoplashni yukladi. Vaziyat qaynoq nuqtaga chiqmoqda...

Sud Humans’ga qarzdorlikni qoplashni yukladi. Vaziyat qaynoq nuqtaga chiqmoqda...

Kecha Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi Octobank’ning Humans’ga qarshi da’vosini qanoatlantirib, bank foydasiga bir necha yuz milliard so‘m qarzdorlikni undirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Bunday miqyosdagi ishda sud tomonlarning da’vo va e’tirozlarini bir tomonlama emas, aniq huquqiy asoslar orqali baholaydi. Bu endi shunchaki bir tarafning da’vosi emas, sud tomonidan tasdiqlangan moliyaviy mas’uliyat hisoblanadi.

O‘z o‘rnida Octobank sudning ushbu qarorini o‘zining qonuniy huquqlarini himoya qilish yo‘lidagi muhim qadam hisoblab, barcha hamkorlar bilan shaffof, adolatli munosabatlarni davom ettirishga tayyorligini bildirgan.

Shuningdek, Octobank 13 iyun soat 18:00dan boshlab kliring va Humans moliyaviy xizmatlari doirasida chiqarilgan kartalar bo‘yicha operasiyalarni amalga oshirish to‘liq to‘xtatilganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 15:18 14.06.2025. O'qildi: 816 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!