Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Sud hijob masalasida muslimalar foydasiga hukm chiqardi

Sud hijob masalasida muslimalar foydasiga hukm chiqardi

Tailand sudi yosh muslimalarning hijob o‘rash huquqini himoya qildi, deya xabar bermoqda Bangkok Post nashri.

Songkxla ma’muriy sudi muslima qizlar hijob tufayli kamsitilishi mumkin emas degan qaror chiqargan. Bunga esa qizlari boshlang‘ich maktablardan birida o‘qiydigan 20 ota-onaning shikoyati sabab bo‘lgan. Xususan, buddaviylarning Anuban Pattani monastri huzuridagi maktabda musulmonlarning qizlariga hijobda yurish taqiqlab qo‘yilgan edi.

Endi esa yosh muslimalar o‘quv muassasasida forma kiyish bilan bir qatorda ro‘mol o‘rab yurishlari ham mumkin.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 13:31 07.11.2018. O'qildi: 1439 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!