Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Stress, quvonch va jismoniy faollik miyaga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Stress, quvonch va jismoniy faollik miyaga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Sport bilan shug‘ullaning

Olimlar tomonidan aqliy va jismoniy faollik o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik isbotlangan bo‘lib unga ko‘ra, kam harakat va faol insonning miya hujayralarida farq yaqqol aniqlangan. Jismoniy harakatdagi zo‘riqish natijasida miyada qon odatdagidan ko‘p aylanib, miya faoliyatini yaxshilanishi va yangi hujayralar paydo bo‘lishiga olib keladi.

Qisqa va foydali stress

Tadqiqotlarda aniqlanishicha, stress tufayli biokimyoviy jarayon boshlanib, neyronlar faoliyati tezlashishi, buning natijasida esa miya faoliyati yaxshilanishi kuzatiladi. Faqat stressning qisqa va foydali bo‘lishi kerakligini inobatga olish kerak. Bunday stressga sovuq dush qabul qilish yoki mushaklarni cho‘zish mashqlarini bajarish misol bo‘la oladi.

Hayotdan mamnunlik

Hayotdan zavq va mamnuniyat, quvonch hissini tuyish, nafaqat miya, balki boshqa a’zolar faoliyatining ham yaxshilanishiga olib keladi. Shuning uchun ko‘proq vaqtingizni siz uchun yaqin va qadrli bo‘lgan insonlar davrasida o‘tkazish, sevimli mashg‘​ulotingiz bilan shug‘ullanish tavsiya qilinadi. Siz o‘tayotgan har soniyadan bahra olishni, ortga qarab afsus emas g‘urur hissini tuyar ekansiz, o‘zingizga bo‘lgan ishonch shakllanib, kayfiyatingiz va fe’l-atvoringizda ijobiy kamolot seziladi.

Kiritildi: 20:28 28.06.2020. O'qildi: 2041 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!