NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyans Xitoyni dushman deb hisoblamasligi va global muammolarni hal qilishda hamkorlikni davom ettirishi kerakligini aytdi.
“NATO Xitoyni dushman deb hisoblamaydi. Biz Pekin bilan yadroviy qurolning tarqalishi va iqlim o‘zgarishi kabi dolzarb global muammolarni hal qilishda hamkorlikni davom ettirishimiz kerak”, dedi Stoltenberg.
Shu bilan birga, u Pekin tomonidan olib borilayotgan siyosat “NATO xavfsizligi, qadriyatlari va manfaatlariga shubha tug‘dirayotganini” ta’kidladi.
Alyans bosh kotibi, shuningdek, Xitoyni Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun "Moskvaga sezilarli ta’siridan foydalanishga" chaqirdi.