NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning aytishicha, Xitoy siyosati alyans manfaatlari va xavfsizligiga tahdid solmoqda, biroq blok Pekin bilan hamkorlikka ochiqligicha qolmoqda.
Bu haqda Vilnyusdagi sammit kommyunikesida aytilgan.
Xitoyning bildirilgan ambisiyalari va “majburiy siyosati” NATO manfaatlari, xavfsizligi va qadriyatlariga tahdid solmoqda.
“Biz Xitoy bilan konstruktiv hamkorlikka, jumladan, Ittifoqning xavfsizlik manfaatlarini himoya qilish maqsadida o‘zaro shaffoflikni ta’minlashga ochiqmiz”, — deyiladi hujjatda.