Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Stiv Jobsdan master klass: muvaffaqiyatli biznes yuritish sirlari

A A A
Stiv Jobsdan master klass: muvaffaqiyatli biznes yuritish sirlari

Stiv Jobsning Apple kompaniyasi bosh direktori lavozimidan bo‘shashi tabd bo‘shashi tabdirkorlik tarixidagi buyuk boshqaruvlardan birining yakunlanishini bildiradi. O‘zidan bir necha milliardlab foyda keltirgan xayratlanarli biznes qoldirgan Jobsdan ko‘p narsa o‘rgansa bo‘ladi. Quyida u butun hayoti davomida amal qilgan bir nechta qoidalar keltirilgan:

1. Bir yo‘nalishda barqaror harakatlanish
1970 yillarda endi faoliyatini boshlagan paytdayoq, hali shaxsiy kompyuterlar sanoati endi shakllanayotgan bir paytda, Jobs allaqachon uning biznesi asosini qanday texnologik yechimlar tashkil qilishini bilar edi.
U o‘z intervyularining birida quyidagi fikrni ta’kidlagan edi:

"Apple - 30 milliardli korporasiya, lekin biz 30 tadan kam asosiy mahsulot ishlab chiqaramiz. Biolib kelgan kashfiyotlarni tanlash uchun biz yuzdan ortiq aan voz kechishimizga to‘g‘ri kelgan".

2. Brendingizning yuziga aylaning
Apple zamonaviy madaniyatning bir qismiga aylangan va xaridorlari tomonidan yuksak hurmatga sazovor bo‘lgan. Xuddi shu fikrni Stiv Jobs haqida ham aytish mumkin. U nafis ishlangan dizaynerlik estetikasi ifodalangan innovasion va avangard biznesning timsoli hisoblanadi.Haqiqiy tadbirkor o‘zi va kompaniyasi obrazi haqidagi fikrlarning turlicha bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi.
3. Atrofingizda professional va talantli insonlar bo‘lishi lozim
Jobsni texnik geniy deb sanash mumkin, lekin uning iqtidorli sheriklari, masalan, virtuoz kompyuterchi Stiv Voznyak bo‘lmaganda, balkim biz u haqida umuman eshitmagan bo‘larmidik.
Jobsning biznesdagi qobiliyati har doim ham dizaynerlik sezgisiga mos kelmasada, lekin u atrofiga o‘zi qila olmagan ishni yaxshi bajara oladigan shaxslarni yig‘ish qobiliyatiga ega edi.
4. Bor narsalarni o‘zgartirish mumkin
Apple ko‘ngilochar va kommunikasiya vositalari yo‘nalishlarida dunyoqarashimizni umuman o‘zgartirgan innoavsion kompaniya sifatida tanilgan.
Aslida, bu biznes mavjud narsalarni modernizasiya qilishga asoslangan. Shu yo‘lda Apple korporasiyasi MR3 pleerni iPodga rivojlantirdi. Mobil telefonlar asnosida afsonaviy iPhone ni yaratdi.
Jobs ishini mavjud uskunalardagi kamchiliklarni tuzatishga yo‘naltirdi.
5. Doim xaridorlarni o‘ylang
Shunisi e’tiborga molikki, Jobs Apple ni boshqarayotgan davrda kompaniya biror marta konsultantlarga murojaat qilmadi va bozorni o‘rganish tadqiqotlarini olib bormadi. Ayni paytdagi va kelajakdagi iste’molchilar talabi bo‘yicha Jobs o‘z intuisiyasiga ishonadi. Uning fikricha, har doim iste’molchi sifatida mahsulotga nazar solish va o‘z xohishlarini idrok jtish lozim.
6. Muvaffaqiyatsizliklardan saboq oling
Stiv Jobs va Apple kompaniyasi o‘rtasidagi munosabatlar doim ham bir tekis va oson bo‘lmagan.
1985 yil Jobs hamda o‘sha vaqtdagi kompaniya bosh direktori Jon Skalli o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi va Skalli Apple ta’sischilaridan biri bo‘lgan Jobsni kompaniyadan ketishga majbur qildi. Lekin bu voqea mahoratli top menejerning ruhini sindirgani yo‘q, u tezda yangi ish boshladi: Pixar animasion studiyasini sotib oldi. 1996 yilga kelib, Apple Pixar ni sotib olgach, u yana korporasiya direktorlar kengashi raisi sifatida faoliyat yurita boshladi.
7Global darajada fikr yuriting
Uning raxbarligi ostida Apple kompaniyasining barcha ishlari jamiyatdagi texnologik rivojlanishning umumiy yo‘nalishlarini aniqlash va iste’molchilar kutganidan yaxshiroq natijalar ko‘rsatishga yo‘naltirildi. Jobs hech qachon aql bovar qilmas ishlarni qilishdan hayiqmagan.

"Aminmanki, o‘jarlik va sobitqadamlik muvaffaqiyatli biznesmenni muvaffaqiyatsizidan farqlovchi eng asosiy xususiyatlardan biridir", deb hisoblaydi Jobs.

8. Maksimumni talab qiling
Ommaviy axborotdagi chiqishlar asosida Jobsni ko‘ngilchan odam sifatida tasavvur qilish mumkin. Lekin u bilan birgan ishlagan odamlarning ta’kidlashlaricha, u mukammallikni, olamshumul rejalarni juda yaxshi ko‘radi va atrofidagilardan ham aynan shuni talab qiladi.

"Mening ishim birovlarni ishini takrorlash emas, mening ishim - ularni yanada yaxshilashdir". S.Jobs.

9. O‘rinbosarni rejalashtirish
Tim Kuk, Jobsdan keyin Apple bosh direktori lavozimini egallagan xodim ancha muddatdan beri korporasiya direktorlar kengashiga kiritilgan va bosh direktor shrinbosari sifatida kundalik operasiyalarni boshqarardi. Bu vaqtda Jobsning o‘zi strategik loyihalarni amalga oshirish bilan band bo‘lardi.
O‘z xodimlari haqida Jobs shunday deydi:

"Mening vazifam shu darajada professional boshqaruv komandasini shakllantirishim lozimki, ularning har biri mening o‘rnimda faoliyat yurita olsin".

10. O‘z mualliflik stilingizni yarating
Stiv Jobs doim bir xil kiyinardi: yengi uzun kora sviter hamda och ko‘k rangdagi jinsi shim.
Siz ham o‘z tashqi ko‘rinishingizda shunday yo‘l tutsangiz bo‘ladimi? Misol uchun kapalak-galstuk taqish? Yoki doim bir xil shlyapada ko‘rinish?

Kiritildi: 04:08 22.03.2021. O'qildi: 3868 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!