Bugun 22 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Stanislav Govoruxin hayotdan ko‘z yumdi

A A A
Stanislav Govoruxin hayotdan ko‘z yumdi

"Sizlariga shuni ma’lum qilmoqchimanki, bugun soat 10:37 da "Barvixa" sanatoriysida og‘ir va davomli kasallikdan so‘ng hamkasbimiz Stanislav Sergeevich Govoruxin bu dunyoni tark etdi. U kasallik bilan oxirigacha kurashdi, biroq kasallik uni yengdi", - dedi Volodin.

Deputatlar kinematografist xotirasini bir daqiqalik sukut bilan yodga olishdi. Dafn qilish vaqti va joyi hozircha noma’lum.

Stanislav Govoruxin ko‘p seriyali "Uchrashuv joyini o‘zgartirib bo‘lmaydi" filmi orqali tanilgan. U shuningdek "O‘nta negr bolasi", "Kapitan Grantni izlab", "Vertikal" va boshqa lentalarni tasvirga olgan. 

Manba: kun.uz

Kiritildi: 23:47 14.06.2018. O'qildi: 1911 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik