zbekiston milliy jamoasi JCH-2026 saralashi 3-bosqichi doirasidagi Eron va BAAga qarshi o‘yinlarni bosh murabbiysiz o‘tkazadi.
O‘Fa matbuot xizmati yozishicha, Srechko Katanes salomatligi yomonlashgani bois shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra yig‘inda qatnashmaydigan bo‘ldi. Bo‘lajak bellashuvlarga jamoani bosh murabbiyning yordamchilari Aleish Chex va Vlado Radmanovich tayyorlashadi.
Ma’lumot uchun, sloveniyalik mutaxassis bilan bunday holat uchinchi bor kuzatilyapti.
O‘zbekiston 10 oktyabr kuni Eronni, 15 oktyabrda BAAni qabul qiladi.
Avvalroq terma jamoa ustozi Srechko Katanes "Agar uchinchi marta terma jamoani sog‘lig‘im tufayli tark etsam, boshqa qaytib kelmayman", degan edi.