Bugun 23 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

“Sport sinovlari” axborot tizimi ishga tushirildi

A A A
“Sport sinovlari” axborot tizimi ishga tushirildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha sport sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan sport sinovlarini topshiruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan my.sport.uz platformasida “Sport sinovlari” axborot tizimi ishga tushirildi.

Endilikda sport sinovlarini topshirish istagida bo‘lganlar onlayn ariza qoldirishi va sport sinovlarini topshirish uchun o‘ziga eng yaqin bo‘lgan sport maktabni tanlagan holda sinovlarni topshirishi mumkin.

Sport sinovlarini topshirish jarayoni elektron platformada baholanadi va shu kunning o‘zida natija ma’lum qilinib, ishtirokchining shaxsiy kabinetiga elektron sertifikat yuboriladi.

Aholining barcha qatlamlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish orqali ularning jismoniy qobiliyati va harakat faolligini takomillashtirishga qaratilgan ushbu tadbir qarorga asosan 11 ta yosh toifasi bo‘yicha yanvar — dekabr oylarida 6 ta bosqichdan iborat etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari ixtiyoriy talablar asosida o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:44 05.10.2023. O'qildi: 3789 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!