Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Sport olamida Diyego Maradona singari shaxsi, hayoti ziddiyotli kishi bo‘lmasa kerak...

Sport olamida Diyego Maradona singari shaxsi, hayoti ziddiyotli kishi bo‘lmasa kerak...

Maradona – futbol yulduzi, Maradona – bezori, Maradona – giyohvand, Maradona – buyuk shaxs...

U bilan nimalar bo‘lmagan, deysiz. 1986 yil Jahon chempionatida Angliya terma jamoasiga ikki to‘p kiritib, Argentinaning Jahon chempioni bo‘lishini ta’minladi. Ikkinchi to‘pni qo‘li bilan shunday ustalikda o‘nglab olib kiritdiki, qoida buzganini yonida turgan hakam ham sezmay qoldi... Shundan keyin «Boka Xunors» uni «Barselona»ga sotdi. U jamoadan «Napoli»ga o‘tdi. So‘ngra «Milan»da to‘p surdi.

Oxir-oqibat, futbol afsonasi qip-qizil giyohvandga aylanib, xurmacha qiliqlari bilan tilga tushdi. Nihoyat, ruhiy kasalliklar shifoxonasida davolanib chiqdi. Taniqli futbolchining bu ahvolga tushganiga hech kim ishonmasdi. Bu haqda u shunday xotirlaydi: «Men davolangan ruhiy xastaliklar shifoxonasida davolanayotganlardan biri o‘zini Napoleon, boshqasi San-Martin, deb hisoblardi. Mening esa Maradona ekanligimga hech kim ishonmasdi».

Nima bo‘lganda ham Maradona millionlab futbol ishqibozlariga zavqli o‘yinlarni hadya etgan futbolchi sifatida tarixda qoldi. Bu yil u o‘zining 60 yoshini nishonladi.

«AiF» (2020 y 44-son) asosida T.MUROD tayyorladi.

Kiritildi: 05:30 21.11.2020. O'qildi: 2885 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!