Bugun 15 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Spaletti FIFA va UYEFAni tanqid qildi

Spaletti FIFA va UYEFAni tanqid qildi

Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luchano Spaletti Isroil milliy jamoasini FIFA va UYEFA turnirlaridan chetlatilmayotganini tanqid qildi.

Italiyalik mutaxassis Rossiya Ukrainaga hujum qilgach barcha xalqaro turnirlardan chetlatilgani kabi Isroil ham Falastindagi xunrezliklari uchun FIFA va UYEFA bayrog‘i ostidagi musobaqalaridan diskvalifikasiya qilinishi kerak edi, deb hisoblamoqda.

«Rossiyani boshqa mamlakatga hujum qilgani uchun xalqaro turnirlardan darhol chetlatishgandi, falastinliklarga nisbatan genosid uyushtirgan Isroil bilan esa nega bunday qilishmadi? Bizni mana shunday mamlakat jamoasiga qarshi maydonga tushishga majburlashayotgani achinarli», - deya Spalettining so‘zlarini keltirgan Corriero dello Sport.

Ma’lumot uchun, Italiya milliy jamoasi Millatlar ligasi doirasidagi bahsda Isroilni yirik hisobda (4:1) mag‘lub etib, guruhda 10 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Isroil esa ochkosiz guruhda so‘nggi o‘rinni band etgan.

Kiritildi: 23:25 17.10.2024. O'qildi: 716 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!