Soliq to‘lovchi faoliyati amalga oshiriladigan joyda barcha turdagi tekshiruvlarni o‘tkazishda DSXO videotasvirga oladi, deydi "norma.uz". Dalillarni qayd etishning bunday usuli muhokama uchun e’lon qilingan Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilar faoliyatida amalga oshiriladigan soliq nazorati tadbirini videotasvirga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomning loyihasida nazarda tutilgan (ID-10194). Uni batafsil ko‘rib chiqamiz.
Bu kimga daxl qiladi?
Agar ob’ektlaringizni videotasvirga olishga qonuniy taqiq bo‘lmasa, sizni ham tasvirga olishadi. Bir tomondan NHH loyihasida olingan ma’lumotlar soliq siriga oid bo‘ladi (qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno) hamda maxsus rejim bo‘yicha saqlanishi va foydalanilishi lozim deyiladi. Boshqa tomondan – yangi Soliq kodeksi loyihasiga muvofiq quyidagi ma’lumotlar soliq siriga kirmaydi: