“Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
🔰 Qarorga ko‘ra, joriy yilda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi keng nishonlanadi.
⏳ Har yili aprel oyi “Amir Temur oyligi” deb e’lon qilinadi va bunda ta’lim tashkilotlari va mahallalarda temurshunos olimlar, yozuvchi va san’atkorlar ishtirokida uchrashuvlar uyushtiriladi.
📝 Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2030 yilgacha mo‘ljallangan “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi, jumladan:
🔹 9–10 aprel kunlari Islom sivilizasiyasi markazida “Amir Temur va temuriylar tamaddunining jahon tarixi va madaniyatidagi o‘rni va ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazish;
🔹 “Temur tuzuklari” asarining ilmiy izohli matnini fors, arab, xitoy, ingliz, fransuz, ispan va rus tillarida chop etish;
🔹 “Temuriylar davrining 100 nodir qo‘lyozmasi”, “Temuriylar davrining 100 nodir durdonasi” kitob-albomlarini yaratish;
🔹 Temuriylar davri manbalari elektron platformasini yaratish.
🏛 Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi tasdiqlandi.