Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Sohib Abbosxon AQShda mehmonxonada suvoqchilik qilgani va qizining so‘zlari uni yig‘latgani haqida gapirdi (video)

Sohib Abbosxon AQShda mehmonxonada suvoqchilik qilgani va qizining so‘zlari uni yig‘latgani haqida gapirdi (video)

Aktyor va rejissyor Sohib Abbosxon «Daryo» internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni «Daryo» muxbiri Feruz Muhammad hamda aktyor va prodyuser Habibulla Nizomov tashkillashtirdi.

AQShga yangi kelgan vaqtimda «men AQShga keldim» deganingizda, men qochardim, uyalardim, endi uyalmayman, chunki o‘sha bosqichlardan o‘tib bo‘ldim.

Men AQShga birinchi kelganimda mehmonxonada suvoqchi bo‘lib ishlaganman. Bu ish bilan 45 kun shug‘ullanganman.

Qizimning maktabidagilar unga ‘dadang AQShda mehmonxona tozalab yuribdi’, deb gapirgan ekan. Bu yerda ishlagan o‘zbeklar ularga shunday deyishgan bo‘lsa kerak. O‘sha kuni o‘sha gapni eshitib yig‘laganman. Kecha obro‘-e’tiborda kino olib yurgan edim, bugun bunday ahvoldaman deb yig‘laganman. Lekin oldimga qo‘ygan maqsadlarim bu qiyinchiliklardan ustun kelgan.

Bu gap-so‘zlar bolalarga yomon ta’sir qiladi.

Sohib Abbosxon, aktyor va rejissyor

Ma’lumot uchun, Sohib Abbosxon o‘zbek kino muxlislari orasida «Zanjir», «Nahotki sen», «Ajal so‘qmog‘i» kabi bir qancha film va seriallardagi bosh rollari bilan mashhurlikka erishgan.

Kiritildi: 04:00 20.03.2020. O'qildi: 4682 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!