Sinzdo Abe Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning mamlakatning NATOga kirishiga oid pozisiyasi va Donbassdagi mojaroni tartibga solishdan bosh tortishi Rossiya maxsus operasiyasi boshlanishiga sabab bo‘ldi, deb hisoblaydi.
U bu haqda “Economist” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Ehtimol, agar Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni uning mamlakati NATOga qo‘shilmasligiga va’da berishga yoki sharqdagi ikki anklavga yuqori darajadagi muxtorlikni taqdim etishga majbur qilishning iloji bo‘lganida, harbiy xatti-harakatlarning oldini olish mumkin bo‘lardi”, - dedi Abe.