Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Sobiq hokim 2352 yillik qamoq jazosiga hukm qilinadi

Sobiq hokim 2352 yillik qamoq jazosiga hukm qilinadi

Istanbul Bosh prokuraturasi Istanbulning sobiq hokimi Ekrem Imomo‘g‘liga qarshi korrupsiya bo‘yicha tergovni yakunladi va 2352 yilgacha qamoq jazosini talab qilmoqda.

Turkiya OAVlariga tayanib xabar berishicha, Istanbul bosh prokurori Akin Gurlek ayblov xulosasi keyingi ko‘rib chiqish uchun sudga taqdim etilganini ma’lum qilgan.

"Istanbul munisipalitetiga qarshi korrupsiya ishi bo‘yicha ayblov xulosasi yakunlandi. Ish sudga topshirildi. Jinoyat sodir etilgan vaqtda sudlanuvchilar tomonidan 10 yil davomida davlat mulkiga yetkazilgan zarar 160 milliard lira (3,8 milliard dollar) deb baholanmoqda", - dedi u.

Ayblov xulosasi 3900 sahifadan iborat bo‘lib, 402 nafar gumondorning ismi ko‘rsatilgan, ulardan 102 nafari hibsda.

Ishda asosiy ayblanuvchi va "jinoiy tashkilot asoschisi va rahbari" bo‘lgan Imomog‘lu uchun ayblov qo‘shma jinoyatlar uchun 282 yildan 2352 yilgacha qamoq jazosini talab qilmoqda.

Kiritildi: 09:45 12.11.2025. O'qildi: 945 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!