Bugun 28 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

Smartfon bozorida 2026 yilda tarixiy pasayish kutilmoqda

Smartfon bozorida  2026 yilda tarixiy pasayish kutilmoqda

2026 yilda global smartfon bozori o‘z tarixidagi eng katta inqirozni boshdan kechiradi.

Bu haqda "International Data Corporation" (IDC) tomonidan e’lon qilingan hisobotda ma’lum qilindi. Tahlilchilarning prognozlariga ko‘ra, 2026 yilda dunyo bo‘ylab smartfon yetkazib berish hajmi yillik hisobda 12,9 foizga kamayib, 1,1 milliard donani tashkil etadi.

"Biz shunchaki vaqtinchalik pasayishni emas, balki tezkor xotira (RAM) yetkazib berish zanjirida yuzaga kelgan va iste’mol elektronikasi sanoatining barcha segmentlariga to‘lqin kabi tarqalayotgan "sunami" tipidagi shokni kuzatmoqdamiz", — deya vaziyatni tasvirladi IDC vakili Fransisko Jeronimo.

Hozirgi vaqtda sun’iy intellekt texnologiyalari shiddat bilan rivojlanayotgani sababli, tezkor xotiralarga (RAM) bo‘lgan talab haddan tashqari ortib ketgan.

IDC mutaxassislari bozordagi pasayish komponentlarning yuqori narxlari tufayli yuzaga kelgan RAM inqirozi bilan bog‘liq bo‘lishini ta’kidladilar. Tadqiqotlar bo‘yicha bosh direktor Nabil Popalning bildirishicha, xotira inqirozi shunchaki vaqtinchalik pasayishga emas, balki butun bozorning tarkibiy jihatdan qayta qurilishiga olib keladi.

Kiritildi: 23:44 27.02.2026. O'qildi: 203 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!