Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Slovakiyada birinchi masjid ochildi

Slovakiyada birinchi masjid ochildi

Slovakiyada birinchi to‘liq masjid paydo bo‘ldi. Bu haqda mahalliy musulmon jamoatchiligi ijtimoiy tarmoqlarda xabar qildi, deya ma’lum qildi Islam News.

Poytaxt Bratislavada rieltorlik agentligi binosida ochilgan yangi masjidda namozxonlarning o‘z sa’y-harakatlari bilan so‘nggi pardozlash ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, Slovakiya shu vaqtgacha bitta ham masjidi bo‘lmagan Yevropa Ittifoqidagi yagona davlat bo‘lib kelayotgan edi. Bu mamlakat rasmiylarining islomga nisbatan o‘ziga xos munosabati natijasidir.

2016 yil noyabrida Slovakiya islomning mamlakatda rasmiy din maqomiga ega bo‘lishiga deyarli yo‘qqa chiqaruvchi qonunni qabul qildi. Chunki ushbu qonunga ko‘ra, mamlakatda kamida 50 ming nafar e’tiqod qiluvchisi bo‘lgan dinlar rasmiy din maqomiga ega bo‘lishi mumkin. Slovakiyada esa musulmonlar soni 6 ming nafarga yaqin.

2000 yilda Bratislavada islom markazi qurilishi bo‘yicha nizo kelib chiqqan: poytaxt meri dastlab bunday markazni tashkil etishga ruxsat bermagan. Keyinchalik islom markazi faoliyat boshladi, biroq u to‘laqonli masjid hisoblanmaydi - u yerda hamma jamoat namozlari ham ado etilavermasdi.

Kiritildi: 11:40 12.04.2024. O'qildi: 727 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!