Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Sizning qancha dollaringiz bor? Markaziy bank buni biladi

Sizning qancha dollaringiz bor? Markaziy bank buni biladi

Markaziy bank 31 may – 13 iyun kunlari aholi o‘rtasida yashirin so‘rov o‘tkazdi. Unda, jumladan, aholining chet el valyutasidagi jamg‘armalari mavzuci ko‘tarilgan.

So‘rov yakunlariga ko‘ra, so‘ralganlarning 54 foizidan ko‘prog‘i (1170 kishi) 1 134 dollar miqdorida chet el valyutasida jamg‘armaga egalar.

Shu tariqa, mehnatga layoqatli aholi statistikasiga va hisob-kitoblarga tayanib, respublika bo‘yicha chet el valyutasidagi aholining yalpi jamg‘armasi taxminan 10,2 milliard dollarga teng deb baholanmoqda (ya’ni, aholining “cho‘ntagi/ yostig‘i osti/oshxonasidagi uch litrli bankasi”da shuncha pul bor, degan xulosaga kelindi).

Bundan tashqari, so‘ralganlarning 50 foizi xorijda qarindoshi ishlashini aytgan, ularning yarmidan ko‘pi (59%) esa, xorijdan moliyaviy yordam olishlarini bildirishgan, 16% aholi xorijda yashaydigan yaqinlariga moddiy yordam jo‘natishlarini ma’lum qilgan.

Kiritildi: 07:30 26.06.2019. O'qildi: 3001 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!