Bu voqea Kanadada bo‘lgan...
Bir qariya non o‘g‘irlagani tufayli sud qilinyapti. Qariya aybini inkor qilmayapti, aksincha, tan olib, faqat bu ishni och qolgani sababidan sodir etganini aytish bilangina o‘zini oqlashga xarakat qilyapti.
Sudya unga:
– Siz o‘g‘irlik qilganingizni tan olib turibsiz. Endi men sizga o‘n dollar jarima solaman va bu pul sizda yo‘qligini bilaman. Shuning uchun uni sizning o‘rningizga o‘zim to‘layman, – dedi va cho‘ntagidan o‘n dollar chiqarib, jarima sifatida davlat xazinasiga o‘tkazdi.
Sud zalida sukunat hukmron...
Birozdan keyin sudya majlis ishtirokchilariga qarata shunday dedi:
– Hammangizga o‘n dollardan jarima solaman. Chunki sizlar yashayotgan shaharda non o‘g‘irlashga majbur bo‘lgan faqir yashayapti.
O‘sha onda 480 dollar pul yig‘ildi va uni sudya qariyaga berdi…