Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Siz bilmagan dunyo haqidagi hayratomuz tarixiy faktlar

Siz bilmagan dunyo haqidagi hayratomuz tarixiy faktlar

*Shvesiyalik bir kishi kimoshdi savdosida juda qimmat narxga Napoleoon Bonapartning shaxmatini sotib oldi. Bir kuni u shaxmat donalaridan birining buralib ochilishini sezib qoldi. Dona ichidan qochish rejasi yozilgan maktub chiqadi. Ma’lum bo‘lishicha, 1816 yili imperator do‘stlaridan biri Napoleon jazo muddatini o‘tayotgan Muqaddas Yelena oroliga shaxmat yuboradi. Afsuski, Bonapart shaxmat donasidagi sirni fahmlamay, qochish rejasini bilolmay qolgan.

*Sirakuzalik yovuz hukmdor Dionisiy (er. avv. 431 – 367 yy.) sartaroshga soch-soqolini qaychida oldirmagan, ustara ishlatishga yo‘l qo‘ymagan. Sartarosh uning sochlarini ko‘mir bilan kuydirib qisqartirgan. Gap shundaki, Dionisiy suiqasddan o‘lgudek qo‘rqar va o‘tkir narsalarni boshiga umuman yaqinlashtirmasdi.

*X asrda yashab, ijod qilgan eronlik alloma, Abdul Qosim Ismoil kitoblarini hech kimga ishonmagan, shu sababli 117 ming jildlik kitobini qayerga borsa, o‘zi bilan olib yurgan. Buning uchun 400 ta tuyadan foydalangan.

* Ilk pochta qutilari 400 yil muqaddam Florensiyada paydo bo‘lgan. Ularni cherkovlar darvozasiga ilib qo‘yishardi. Ular “iblis bilan aloqada bo‘lgan” olimlar, turli dunyoviy qarashlarni targ‘ib qiluvchi faylasuflar, vatanga xiyonatda gumon qilingan siyosatchilar ustidan anonim chaquvlarni yig‘ish uchun xizmat qilardi.

* Insonga qon qo‘yish bo‘yicha ilk operasiya 1667 yilda Jan Batist tomonidan amalga oshirilgan. U bir yigitga qo‘yning ikki pinta qonini quygan.

*1767 yilda Birma va Siam (hozirgi Tailand) o‘rtasidagi urush juda original yakun topgan. Urushni Birma boshlagan. Uning qo‘shinlari qo‘shni davlat hududiga bostirib kirgan va Siamning Nan qal’asini qamal etgan. Qamal cho‘zilib ketgan. Har ikki tomon asta-sekin urushdan charchay boshlagan. Nihoyat, sog‘lom tafakkur g‘olib kelgan. Har ikki armiya delegasiyasining uchrashuvida urushni qurilish bo‘yicha musobaqa o‘tkazish bilan yakunlash kelishilgan. Har ikkala tomon ibodatxona qurishi lozim bo‘lgan. Qurilishni ertaroq yakunlagan armiya urushda g‘alaba qozongan hisoblanardi. Siam armiyasi qurilishni 7 kunda yakunlaydi. Birma esa mag‘lubiyatini tan oladi.

*Silindr shlyapasining ixtirochisi shlyapa sotuvchisi Jon Gerington hisoblanadi. Uning o‘ylab topgan narsasi odamlarga nechog‘lik yoqmaganini 1797 yilning 26 yanvaridan chiqqan gazetadagi maqoladan ham bilib olish mumkin: “Jon Geterington sohildagi yo‘lakda sayr qila turib, boshiga ipakdan yasalgan va g‘alati yaltiraydigan quvur kiyib olgan edi. Uning xatti-harakatlari yo‘lovchilarda ajablanish va qo‘rqinch uyg‘otardi. Ko‘pgina ayollar uni ko‘rib hushidan ketishgan bo‘lsa, bolalar chinqirar, sovunpazning oldidan qaytayotgan bir yigit esa tiqilinchda yiqilib qo‘lini sindirib oldi. Bu yuzadan janob Gerington qurollangan polisiya otryadi qurshovida lord-mer oldiga keltirildi va so‘roqqa tutildi. Hibsga olingan Gerington o‘zining yangi ixtirosini londonliklarga namoyish etishga haqli, deb hisoblashini aytdi, biroq lord-mer bu fikrga qo‘shilmadi hamda yaltiroq quvur ixtirochisiga 500 funt-sterling jarima soldi”.

* “Moskovskiye gubernskiye vedomosti” gazetasining 1848 yilda chiqqan sonlaridan birida shunday so‘zlarni o‘qish mumkin: “Nikifor Nikitin o‘zining Oyga uchish haqidagi ahmoqona qarashlari uchun Boyqo‘ng‘ir qishlog‘iga surgun qilindi”.

Kiritildi: 05:00 29.09.2020. O'qildi: 5410 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!