Bugun 10 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Sirtqi ta’limga qabul tugatilishi sababli xususiy universitetlarda kontrakt narxi ko‘tarilishi mumkin

A A A
Sirtqi ta’limga qabul tugatilishi sababli xususiy universitetlarda kontrakt narxi ko‘tarilishi mumkin

Sirtqi ta’limga qabul tugatilishi xususiy universitetlar uchun jiddiy moliyaviy zarba bo‘lishi kutilmoqda. Ayniqsa, ularning asosiy qismi – 70 foizdan ziyodi aynan sirtqi ta’limdan daromad olib kelayotganini hisobga olsak, bu o‘zgarish quyidagi natijalarga olib kelishi mumkin:

➖ Shartnoma narxlari oshishi. Xarajatlarni qoplash va faoliyatni saqlab qolish uchun xususiy OTMlar kontrakt summalarini oshirishga majbur bo‘ladi;

➖ Talabalar soni kamayishi. Ayniqsa, ishlab yurgan yoki imkoniyati cheklangan yoshlar oliy ta’limdan chetlashishi mumkin;

➖ Kechki va masofaviy ta’limga talab ortishi. Chunki endilikda muqobil yo‘nalish sifatida faqat shu shakllar qoladi;

➖ OTMlar qayta tashkil etilishi. Ba’zi xususiy universitetlar o‘z ta’lim shakllarini yoki biznes modellarini o‘zgartirishga majbur bo‘ladi.

Kiritildi: 10:10 11.05.2025. O'qildi: 1764 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!